MDH raisligi Oʻzbekistonga oʻtadi: Shavkat Mirziyoyev ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi.
Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida 9-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston 2027-yil 1-yanvardan ushbu tashkilotga raislik qilishi haqida qaror qabul qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning raisligi davrida ustuvor ahamiyatga ega boʻladigan yoʻnalishlarni bayon qildi..
