Uzum Market bosqichma-bosqich faoliyati tiklanayotganini maʼlum qildi.
Uzum Market 8-oktabrdan keyinigi texnik nosozlikdan soʻng oʻz faoliyatini tiklashni boshladi. «Ombor buyurtmalarni allaqachon yigʻmoqda va yaqin vaqt ichida 7, 8 va 9-oktabrdagi yuk xatlari boʻyicha tovarlarni qabul qilishni boshlaydi», deyiladi kompaniya xabarida. Xaridorlar va sotuvchilarga kompensatsiya va chegirmalar vaʼda qilinyapti..
