Kontraktning 30 foizini davlat toʻlaydi: tibbiyot xodimlari farzandlariga mablagʻ oʻtkazish boshlandi.
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplash boshlandi. Arizasi tasdiqlangan xodimlar farzandlari oʻqiyotgan oliygohlarga subsidiya mablagʻlari oʻtkazilmoqda..
