Mintaqaviy jarayonda katta va murakkab tuzilmalarga intilish yoʻq – Shavkat Mirziyoyev.
Oʻzbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Ozarboyjon rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq soʻzlarkan, mintaqaviy jarayon doirasida katta va murakkab tuzilmalarni tashkil etishga intilish yoʻqligini qayd etdi. “Bizga kuchli, suveren va mustaqil davlatlar oʻzaro hurmat, ishonch va pragmatizm asosida hamkorlik qiladigan moslashuvchan va tushunarli format kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev..
