Tanqiddan soʻng: Texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashtirildi.
Texnika universitetining yuzlab talabalari tunda yotoqxonadan chiqarib yuborilgan edi. Masʼullar holatni "davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan mazkur talabalar turar joyi hali rasman foydalanishga topshirilmagani" bilan izohlashgandi. Aytilishicha, mazkur obyektga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan toʻlovlar tadbirkor tomonidan 3 kun muddatda toʻliq qaytarib beriladi..
