“Har bir kundan umid bor”: maxsus maktabda oʻqituvchi boʻlishning quvonch va iztiroblari haqida.
Insonga bilim berish oson ish emas. Lekin mehrga, alohida eʼtiborga muhtoj murgʻak qalblarga hayot nurini ulashish - chinakam jasorat va qahramonlikdir. Poytaxtdagi 105-sonli maxsus maktab-internatdagi fidoyi ustozlarning mehnati evaziga jamiyatdan uzilib qolishi mumkin boʻlgan bolajonlar hayotga qaytmoqda, “Ona” degan muqaddas soʻzni yozishni va aytishni oʻrganmoqda..
