Ikki viloyatda 2,5 mingdan ziyod kuchli dori ushlandi.
Andijon va Fargʻona viloyatlarida oʻtkazilgan uchta tezkor tadbirda jami 2591 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 200 gramm gashish olib qoʻyildi. Har uchala holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov boshlangan..
