“Bu natijalar tasodifiy emas. Bu – maktab, bu – tizim, bu – oʻzbek shaxmatining yangi darajasi” – shaxmat chempionlari Koʻksaroyda taqdirlandi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida tarixiy natijalarni qayd etgan Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari Koʻksaroyda taqdirlandi. Uchrashuvda ularga davlat mukofotlari, uy-joy, avtomashinalar va pul mukofotlari topshirildi. Tadbirda oʻzbek shaxmatining erishgan natijalari, yaratilayotgan sharoitlar va kelgusidagi yangi marralar haqida soʻz yuritildi..
