Oʻzbekistonda Pokiston ishtirokida islomiy bank tashkil etilishi mumkin.
Pokistonning Nishat Group biznes guruhi Oʻzbekistonda islomiy bank tashkil etish va mehmonxona sohasida investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi. Muzokaralar yakunida kompaniya rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi..
