AQShda sunʼiy intellekt xavfsizligi ustidan nazorat kuchaytiriladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp sunʼiy intellekt sohasidagi yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashib, ushbu texnologiya rivoji ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan kelishuvni imzoladi. Hujjat kompaniyalarni oʻz modellari xavfsizligini muntazam baholash va aniqlangan xavflarni bartaraf etishga chaqiradi. Biroq kelishuv talablarini sud orqali majburan bajartirish nazarda tutilmagan..
