«Aksiya gʻolibi boʻldingiz»: Toshkentda 110 nafardan ortiq fuqaro aldangani aniqlandi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida sovgʻa vaʼda qilib, fuqarolarning kredit va mikroqarz limitlaridan mablagʻ oʻtkazishga erishgan guruh faoliyati aniqlandi. Toshkent viloyati IIBB maʼlumotiga koʻra, 110 nafardan ortiq fuqaroning 300 million soʻmdan ziyod mablagʻi oʻzlashtirilgan..
