Shamol va eroziya Marsda gʻayrioddiy manzara hosil qildi.
NASAʼning Mars Reconnaissance Orbiter apparati Marsning Arabiston yeri hududida marjon riflariga oʻxshash qatlamli choʻkindilarni suratga oldi. Olimlar bu tuzilmalar Qizil sayyorada oʻtmishda kechgan davriy iqlim jarayonlari haqida maʼlumot berishi mumkinligini aytmoqda..
