Oʻzbekistonda oktabr beqaror ob-havo bilan boshlanadi.
Oʻzgidromet prognoziga koʻra, oktabr oyida Oʻzbekistonda iliq kunlar vaqti-vaqti bilan salqinlashish davrlari bilan almashib turadi. Oyning oʻrtacha harorati iqlimiy meyor atrofida, ayrim joylarda undan yuqori boʻlishi, qator viloyatlarda esa yogʻingarchilik meyordan oshishi kutilmoqda..
