Qurilish sohasidagi qonunbuzarliklar uchun jazolar kuchaytirildi.
Oʻzbekistonda koʻp kvartirali uylarni ruxsatnomasiz qurish maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin yana sodir etilsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaharsozlik qonunchiligini buzish odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, besh yildan yetti yilgacha qamoq jazosi belgilandi..
