Oʻzbekistonda Misrning choʻl iqlimiga mos guruch navlari sinovdan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston va Misr mutaxassislari hosildor bugʻdoy, makkajoʻxori hamda choʻl iqlimiga mos guruch navlarini Oʻzbekiston sharoitida sinovdan oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, Navoiy viloyatida tajriba maydonlari tashkil etish va Misr qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot markazi filialini Oʻzbekistonda ochish imkoniyatlari muhokama qilindi..
