Kesarcha kesish amaliyoti toʻrt guruhga tasniflandi.
Adliya vazirligi tugʻruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Hujjatga koʻra, tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlmagan taqdirda ham homilador ayol ushbu amaliyotni tanlash huquqiga ega..
