Paxtachilikda «Ustoz-shogird» tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Oʻzbekistonda yangi agrotexnologiyalar asosida paxta va gʻalla yetishtirish koʻnikmasiga ega agronomlarni tayyorlash hamda ilgʻor fermerlar tajribasini ommalashtirishga qaratilgan ikki tizim joriy etiladi. «Ustoz-shogird» tizimida belgilangan hosildorlikka erishgan har bir «shogird» xoʻjalik uchun «ustoz»ga 5 million soʻm mukofot beriladi..
