«Moskvaga otlangan» Zelenskiy, BMTda «bomba-peyjer» koʻrsatgan Netanyahu – hafta dayjesti.
Haftaning eng muhim voqeasi BMT bosh sammiti boʻldi. Oxirgi 4-5 yilda dunyo siyosati agʻdar-toʻntar boʻlib ketdi, hamma yerda katta hisob-kitob boshlangan, xuddi 90-yillar boshiga oʻxshaydi. Bunaqa talotoʻpda hammaning aytar gapi yigʻilib qolgan ekan, kimdir minbarni mushtladi, kimdir «butun Gʻarbni yolgʻonchiga chiqardi», kimdir Amerikada turib Amerikani dunyoni toʻzitishda aybladi..
