Zelenskiy Moskvaga borishdan bosh tortgani haqidagi xabar rad etildi.
Ukraina prezidenti ofisi Donald Tramp Volodimir Zelenskiyga Moskvaga borib, Vladimir Putin bilan uchrashishni taklif qilgani va Ukraina rahbari bundan bosh tortgani haqidagi xabarni rad etdi. Avvalroq Bloomberg agentligi manbalarga tayanib, shunday taklif bildirilganini yozgan edi..
