Uchqoʻrgʻon voqeasi ortidan vazirlik barcha davlat bogʻchalarida tekshirish boshladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Namangan viloyatidagi davlat bogʻchasida “zavxoz” 5 yoshli qizaloqni zoʻrlagani ortidan maxsus ishchi guruh tuzdi. Hozirda barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda. Uchqoʻrgʻondagi bogʻchaning voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan..
