"Muayyan shart qoʻyiladigan pul". Markaziy bank raqamli soʻm ustida ishlay boshladi.
Markaziy bank raqamli soʻmni joriy etish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Dastlabki pilot loyihalar 2027-yilda boshlanishi, 2028–2029-yillarda esa tizimni kengaytirish bosqichiga oʻtilishi rejalashtirilgan. Dastlab raqamli soʻm jismoniy shaxslar uchun emas, davlat xaridlari, infratuzilma loyihalari va subsidiyalar yoʻnalishida sinab koʻriladi..
