«Yashirin flot» kemalari Rossiya bayrogʻi ostiga oʻtmoqda.
2025-yil yanvaridan 2026-yil iyunigacha Rossiya bayrogʻi ostidagi kemalar reyestri 36 foizga kengayib, unga 107 ta kema qoʻshilgan. Energetika va toza havoni tadqiq qilish markazi (CREA) tahliliga koʻra, bu Rossiyaning «yashirin floti»ga nisbatan diplomatik bosim kuchayishi va boshqa davlatlar kema reyestrlaridagi cheklovlar bilan bogʻliq..
