Uran konlari uchun radiatsiyani boshqarish rejasini tayyorlash taklif etilmoqda.
Oʻzbekistonda uran qazib olish faoliyati uchun radiatsiyani boshqarish rejasiga qoʻyiladigan talablar loyihasi ishlab chiqildi. Unda xodimlarni nurlanishdan himoya qilish, atrof-muhit monitoringi, radioaktiv chiqindilarni nazorat qilish va ehtimoliy avariyalarga tayyorgarlik choralarini yagona rejada belgilash nazarda tutilgan..
