Birjada sotilgan paxtaning har tonnasiga 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi.
Oʻzbekistonda endi paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi. Oʻz yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million soʻmdan subsidiya oladi. Marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining bir qismini qaytarish yuzasidan ham takliflar tayyorlanadi..
