Toshkent viloyatida ichimlik suvi va kanalizatsiya tariflari oshadi.
«Toshkent viloyati suv taʼminoti» korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan aholi uchun bir kubometr suvning QQS bilan birgalikdagi narxi 19,2 foizga - 2912 soʻmdan 3472 soʻmgacha, oqova suv chiqarish xizmati esa 15,4 foizga - 1456 soʻmdan 1680 soʻmgacha qimmatlashadi. Yangi tariflar 3-oktabrdan kuchga kiradi..
