Elektrda 200, gibrid rejimda 1 200 kilometr: ES-36 samolyoti taqdim qilindi.
Shvetsiya–AQShning Heart Aerospace kompaniyasi 36 yoʻlovchiga moʻljallangan ES-36 gibrid mintaqaviy samolyot loyihasini taqdim etdi. Uning ilk yirik buyurtmachisi boʻlgan AQShning JSX aviakompaniyasi 50 ta samolyotga buyurtma berib, yana shunchasini xarid qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi..
