Ukraina Rossiyaga energetika sohasida oʻzaro sulh taklif qildi.
Ukraina Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni faqat Moskva ham toʻlaqonli energetik sulhga rozi boʻlgan taqdirda toʻxtatishga tayyor. Prezident Volodimir Zelenskiyning bildirishicha, buning uchun Rossiya Ukrainaning energetika, isitish va suv taʼminoti tizimlariga hujum qilmasligi kerak..
