Rossiya Aleksandrovkaga toʻrtta aviabomba tashladi - besh kishi halok boʻldi.
Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Aleksandrovka posyolkasiga Rossiya hujumi oqibatida kamida besh kishi halok boʻldi, yana olti kishi, jumladan, bir bola jarohatlandi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, vayronalar ostida yana yetti kishi, shu jumladan, ikki nafar yosh bola qolgan boʻlishi mumkin..
