Fargʻonada avtomobil boshqargan oʻsmirning otasiga chora koʻrildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni oʻrganish davomida Soʻx tumanida 5-sinf oʻquvchisi otasiga tegishli Tracker avtomobilini boshqargani aniqlandi. Uning otasiga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning ikki moddasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi..
